Navbatdan tashqari saylov Qozog‘istonga qanchaga tushgani ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Qozog‘istonda prezidentlik saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun 9,4 mlrd tengega (23 mln dollar) yaqin mablag‘ sarflandi. Bu haqda Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi kotibi Sabila Mustafin xalqaro kuzatuvchilar guruhi bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

“Ushbu kampaniyaning umumiy byudjeti 9,4 mlrd tenge. Bu 23 mln dollar atrofida”, degan u.

Bugun, 8 iyun kuni Qozog‘istonda sukut kuni keldi: prezidentlikka nomzodlar shaxslarni har qanday shaklda tashviq qilish taqiqlanadi. Bu taqiq saylov kuni ham amal qiladi.

Qozog‘istonda saylovning xavfsiz o‘tishi uchun 21 ming politsiya xodimi javobgar bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, ertaga, 9 iyun kuni Qozog‘istonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovi o‘tkaziladi. Mustaqillik yillarida ilk bor saylovlarda Nursulton Nazarboyev ishtirok etmaydi. Prezidentlikka yetti nafar nomzod da’vogarlik qilyapti. Jumladan, amaldagi Prezident Qosim-Jomart Toqeav ham.

Ma’lumot uchun, Qozog‘iston MSK muddatdan avval prezidentlik saylovlarini o‘tkazish uchun davlat byudjetidan 12 milliard tenge (31,6 mln dollar) ajratishni so‘rab rasmiy murojaat yo‘llagandi

Biroq Qozog‘iston hukumati zudlik bilan o‘tkazishni rejalashtirayotgan prezidentlik saylovlari uchun 24,8 million AQSH dollari ajratilishini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston saylov

Baholaganlar

29

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing