Navbat Jeenbekovgami? Qirg‘izistonda Prezidentni javobgarlikka tortish talab qilindi

Olam

image
Almazbek Atamboyev 11 yilga ozodlikdan mahrum etildi north_east

Almazbek Atamboyev 11 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Qirg‘iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov va qator yuqori martabali amaldorlar ustidan Bosh prokuraturaga shikoyat kelib tushdi. Shikoyat mamlakatda yuzaga kelgan epidemiologik vaziyat bilan bog‘liq. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

“13 iyul kuni Ravshan Aytkulovadan Qirg‘iziston PrezidentiSooronbay Jeenbekov va boshqa amaldorlarni mamlakatda yuzaga kelgan epidemiologik vaziyat va kunlik o‘limlar uchun javobgarlika tortish to‘g‘risida ariza kelib tushdi. Ariza prokuraturaning umumiy bo‘limida ro‘yxatga olindi”, deyiladi xabarda.

Avvalroq, Ravshan Aytkulova ijtimoiy tarmoqlarda Prezidentni jinoiy javobgarlikka tortish kerakligini aytib, impichment uchun imzo yig‘ishni boshlagandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, petitsiyani 2,5 mingdan ortiq fuqaro imzolagan. Prezident administratsiyasida Aytkulovaning arizasiga hech qanday izoh berilmagan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, qirg‘izistonda 11,5 mingdan ortiq odamda koronavirus qayd etilgan. Ularning 149 nafari vafot etgna va 4995 nafari sog‘aygan.

11 may kuni Qirg‘izistonda koronavirus tarqalishi sababli joriy etilgan favqulodda holat rejimi bekor qilingandi. Favqulodda vaziyat rejimi esa davom etmoqda. May oxirida Qirg‘izistonda qator cheklovlar olib tashlandi – jamoat transporti faoliyati tiklandi, yozgi qahvaxona va restoranlar ishlashiga ruxsat berildi.


Maqola muallifi

Teglar

Sooronbay Jeenbekov

Baholaganlar

797

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing