Almazbek Atamboyev 11 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Olam

image

Qirg‘izistonning sobiq Prezidenti Almazbek Atamboyev jinoiy avtoritet Aziz Batukayevni noqonuniy ravishda ozod qilganlikda ayblanib, 11 yil 2 oy qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda “Sputnik Qirg‘iziston” xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, sud Atamboyevni aybdor deb topgan va undan davlat mukofotlari va mulkini tortib olishga qaror qilgan.

Avvalroq, suddan jinoiy avtoritet Aziz Batukayevni noqonuniy ozod qilish aybi qo‘yilgan Qirg‘iziston sobiq Prezidenti Almazbek Atamboyevni barcha mol-mulkini musodara qilish bilan bilan birga uni 15 yil ozodlikdan mahrum qilishni so‘ralgan edi.

Sudda Atamboyevga qo‘yilgan ayblovlardan biri – Batukayevning noqonuniy ravishda ozod qilinishi to‘g‘risidagi jinoiy ish 2019 yilning noyabr oyidan ko‘rish boshlandi. Jarayon yopiq bo‘lmoqda. Sobiq Prezident bu jarayonda ishtirok etishdan bosh tortdi, sudyaning qarori bilan u jarayon oxiriga qadar sud zalidan chiqarib yuborildi.

2006 yilda Batukayev Bishkek atrofidagi koloniyada tartibsizliklarni uyushtirganligi uchun 16 yilu 8 oy qamoq jazosiga hukm qilingan. Tartibsizlik paytida deputat Tinichbek Akmatbayev, Hukmlarni ijro etish Bosh boshqarmasi boshlig‘i Ikmatulla Polotov va ikki deputat o‘ldirilgan. 2013 yilda Batukayev oxirgi bosqichdagi qon saratoni tashxisini qo‘ygan tibbiy komissiya xulosasi bilan qamoqdan ozod qilindi. Bir necha soatdan keyin u yangi pasport oldi va mamlakatni tark etdi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, uning ozod qilinishida yuqori lavozimli amaldorlar, shu jumladan, sobiq Prezident Atamboyev ham ishtirok etgan bo‘lishi mumkin.

Qirg‘izistondagi eng yirik parlamentdagi sotsial-demokratlar partiyasining rahbari Atamboyev hokimiyatni 2017 yildagi Prezident saylovi yakunlariga ko‘ra eng yaqin ittifoqchisi Sooronbay Jeenbekovga topshirdi. Ammo ko‘p o‘tmay, sobiq davlat rahbari jamoasi a’zolariga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Atamboyev sobiq Prezident maqomidan mahrum qilindi hamda og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarda ayblandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston

Baholaganlar

329

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing