Navalniyning onasi o‘g‘li vafot etgan qamoqxonaga bordi

Olam

image

Rossiya muxolifati yetakchisi Aleksey Navalniyning onasi Lyudmila Navalnaya siyosatchi vafot etgan Xarpdagi "Qutb bo‘risi" qamoqxonasiga bordi. Bu haqda "Novaya gazeta" xabar berdi.

"Reuters" axborot agentligi esa bugun, 17 fevral kuni Lyudmila Navalnayaning koloniyadan chiqib ketayotgani aks etgan fotosuratini chop etdi. Ayolning yuzida qora himoya niqobi va ko‘zlarida qora ko‘zoynak borligini ko‘rish mumkin.

Lyudmila Navalnaya bir necha kun oldin, 12 fevral kuni oxirgi marta Yamalo-Nenets avtonom okrugidagi o‘g‘li saqlangan qattiq rejimli koloniyasi joylashgan Xarp qishlog‘iga borgan edi. 

"Mana bir hafta o‘tmadi, lekin u yana uchadi. Va yana, ko‘rish uchun. Oxirgi marta. Bu ayol oldida dunyo tiz cho‘kishi kerak. Unga ta’zim qilaman. Xudo unga kuch-quvvat bersin", deb yozadi bu haqda rossiyalik jurnalist Yelena Rikovseva o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz,  16 fevral kuni Rossiya hukumati muxolifatchi Aleksey Navalniy qamoqda vafot etganini e’lon qildi. Shundan so‘ng bir qator dunyo siyosatchilari, jumladan AQSH Prezidenti Jo Bayden ham Navalniyning o‘limi uchun Putinni aybladi.


Maqola muallifi

Teglar

Naval'niy onasi "Qutb bo'risi"

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing