Navalniy effekti: YeI Rossiyaga yangi sanksiyalar joriy qilyapti

Olam

image

Yevropa Ittifoqiga a’zo 27 ta davlat elchilari muxolifatchi Aleksey Navalniy atrofidagi vaziyat tufayli Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar to‘g‘risida kelishib oldi. Bu YeIning inson huquqlarini buzganlik uchun saknsiyalar qo‘llash bo‘yicha yangi mexanizmi asosidagi ilk cheklovlar bo‘ladi.

“Doimiy vakillar Aleksey Navalniyning hukmiga javobgar shaxslarga nisbatan inson huquqlarini buzish rejimiga muvofiq sanksiyalar kiritilishini ma’qulladilar”, degan a’zo davlatlarning delegatsiyasidagi vakillardan biri.

Diplomatga ko‘r, bu qaror tez orada YeI Kengashi tomonidan tasdiqlanadi va tashkilotning rasmiy jurnalida e’lon qilinadi.

Rossiya Federatsiyasiga qarshi yangi sanksiyalarni joriy etish to‘g‘risidagi siyosiy qaror 22 fevral kuni Ittifoqning 27 mamlakati Tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishida qabul qilingandi.

Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishelning ta’kidlashicha, Aleksey Navalniyga nisbatan chiqarilgan hukm tufayli Rossiyaga qarshi Yevropa Ittifoqining yangi saksiyalari kelasi hafta rasman tasdiqlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Navalniy 17 yanvar kuni Germaniyadan kelganidan keyin darhol hibsga olingandi. U Vataniga qaytgach, “Iv Roshe” ishi bo‘yicha qayta sud qilindi va Navalniyning shartli qamoq jazosi real jazoga almashtirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Aleksey Naval'niy

Baholaganlar

106

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing