Navalnaya dunyodagi eng nufuzli 100 kishi ro‘yxatiga kiritildi

Olam

image

Amerikaning “Time” jurnali koloniyada vafot etgan Aleksey Navalniyning bevasi Yuliya Navalnayani dunyodagi eng nufuzli 100 kishi ro‘yxatiga kiritdi. Nashr Navalnaya bilan suhbatni chop etdi. Bu ikki oy avval turmush o‘rtog‘i vafot etganidan keyin Yuliya Navalnaya bilan birinchi katta intervyu bo‘ldi.

AQSH vitse-prezidenti Kamola Harris jurnal uchun Navalnaya haqida maqola yozdi. Harrisga ko‘ra, Navalnaya "erining adolat va qonun ustuvorligi uchun kurashini davom ettirishga va’da berib, korrupsiyaga qarshi kurashayotganlarga va erkin, demokratik Rossiya uchun yana bir bor umid baxsh etadi". AQSH vitse-prezidenti Qo‘shma Shtatlar "uni, shuningdek, erkinlik va demokratiya uchun kurashayotgan barchani qo‘llab-quvvatlashini" ta’kidladi.
  
Navalnayaning so‘zlariga ko‘ra, u oxirgi marta eri bilan Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan bir necha kun oldin, 2022 yilning fevral oyida uchrashgan. O‘sha paytda Navalniy allaqachon qamoqda edi. Urush boshlangandan so‘ng, er-xotin faqat telefonda gaplashishi mumkin edi va Navalniy juda kamdan-kam hollarda bunga ruxsat olgan. Yuliya Navalnayaning aytishicha, u erining ehtimoliy almashinuvi masalasi muhokama qilinayotganini bilgan, biroq ehtimoliy muzokaralar haqida tafsilotlarga ega bo‘lmagan.
 
U, shuningdek, ertami-kechmi Aleksey Navalniyning o‘limining aniq holatlari ma’lum bo‘lishiga ishonch bildirdi. Yuliyaning o‘zi Navalniyning hamkorlari tomonidan ilgari surilgan, u Vladimir Putinning bevosita buyrug‘i bilan o‘ldirilgani haqidagi versiyaga ishonadi.


Maqola muallifi

Teglar

Yuliya Naval'naya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing