NATOning Rossiya chegarasi bilan bog‘liq strategiyasi ochiqlandi

Olam

image

NATOning Rossiya bilan chegaraga joylashtiriladigan  yangi mudofaa modeli bir qator elementlardan iborat. Bu haqda alyans Bosh kotibi Yens Stoltenberg NATOga a’zo davlatlar Mudofaa vazirlarining Bryusseldagi uchrashuvi yakunlari bo‘yicha ma’lum qildi.

“Birinchisi, oldindan joylashtirishni kuchaytirish. Biz so‘nggi oylarda sharqiy qanotdagi jangovar guruhlar sonini to‘rtdan sakkiztaga ya’ni ikki barobarga ko‘paytirib, hozirligimizni oshirdik”, deydi u.

Stolenbergga ko‘ra, ikkinchi komponent bu – jang guruhlarini, shu jumladan qo‘mondonlik qobiliyatiga ega bo‘lganlarni kuchaytirish, bu esa tezkor joylashtirishni tashkil etish uchun zarurdir. 

Uchinchisi – qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar omborini tashkil qilib, unga qurol hamda jihozlarni oldindan joylashtirish.

NATO Bosh kotibiga ko‘ra, bu sxema 28-30 iyun kunlari Madridda bo‘lib o‘tadigan sammitda tasdiqlanishini kutilmoqda. 

Avvalroq, Stoltenberg alyans Ukrainaga uzoq muddatli qurol yetkazib berishga tayyorligini aytgan edi. Unga ko‘ra, 15 iyun kuni Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha aloqa guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Rossiya Stoltenberg

Baholaganlar

578

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing