NATOga qo‘shilgan Finlyandiya Isroildan qurol sotib oladi

Olam

image

Finlyandiya NATOga qo‘shilganidan bir kun o‘tib, raketaga qarshi tizimni sotib olish uchun buyurtma berdi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Finlyandiya kecha, 5 aprel kuni Isroilga David's Sling raketaga qarshi mudofaa tizimini sotib olish uchun buyurtma bergan. Shu tariqa mamlakat ushbu tizimni sotib oladigan birinchi xorijiy davlatga aylandi. Shartnoma qiymati 316 million yevro (344 million dollar)ni tashkil qiladi. 

"David's Sling tizimi Finlyandiyaning quruqlikdagi havo mudofaasi imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi", deyiladi Mudofaa vazirligi bergan bayonotda. 

Ma’lumot uchun, ushbu mudofaa tizimi Rafael Advanced Defense Systems tomonidan ishlab chiqariladi. Tizim 40-300 kilometr radiusdagi raketalarni urib tushirishi mumkin. "Sehrli tayoqcha" nomi bilan ham tanilgan mudofaa tizimi 2017 yildan buyon Isroilda foydalanib kelinadi. U mamlakatning ko‘p qatlamli havo hujumidan mudofaa tizimining o‘rta bo‘g‘inini tashkil qiladi. David's Sling qisqa masofali Iron Dome hamda yuqori darajali Arrow-2 hamda Arrow-3 tizimlari bilan biriktirilgan holda Isroilni havo hujumidan himoya qiladi. 

Eslatib o‘tamiz, Finlyandiya joriy yilning 4 aprel kuni NATO harbiy blokining 31-a’zosiga aylangandi. AQSH Prezidenti Jo Bayden esa mamlakatni bu bilan qutlagan.

Nodirjon Madaminov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

NATO qurol Finlyandiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing