Rasman: Finlyandiya NATOning 31-a’zosi bo‘ldi

Olam

image

Bugun, 4 aprel kuni Finlyandiya NATO safiga rasman qabul qilindi. Alyansning Bryusseldagi qarorgohida ilk bor Finlyandiya bayrog‘i ko‘tarilidi. Bu haqda alyans saytida ma’lum qilindi.

Bryusselda bo‘lib o‘tgan NATO Tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishidan so‘ng Finlandiyaning alyansga a’zoligi barcha ishtirokchi davlatlar tomonidan tasdiqlandi. Finlyandiya Tashqi ishlar vaziri Pekka Haavisto NATO qarorgohida mamlakatning Shimoliy Atlantika ittifoqiga qo‘shilishi haqidagi hujjatni imzolagan. Shundan so‘ng hujjat AQSH rasmiylariga topshirilgan. 

Shuningdek, mamlakatning alyansga a’zoligini oxirgi bo‘lib tasdiqlagan Turkiya vakillari ham Finlyandiyaning a’zoligini ratifikatsiya qilish haqidagi hujjatlarni AQSH Davlat kotibi Entoni Blinkenga topshirgan.

Uchrashuvlardan so‘ng NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg va Finlyandiya Prezidenti Sauli Niinistyo matbuot anjumani o‘tkazgan. Unda Stoltenberg Finlandiya NATOning 31- a’zosiga aylanganini, bu Finlandiya uchun ham, Shimoliy mamlakatlar uchun ham, umuman olganda butun NATO uchun yaxshi bo‘lganini aytgan. Qolaversa, u tez oradi Shvetsiyani ham alyans a’zolari qatorida ko‘rish niyatida ekanini bildirgan. 

“Biz Shvetsiyaning NATOga kirishi haqidagi protokolni ratifikatsiya qilishni tezlashtirish uchun Anqara bilan yaqin aloqadamiz. Shvetsiya kirish uchun barcha shartlarni to‘liq bajargan, uning yo‘lida hech qanday to‘siq bo‘lmasligi kerak”, degan Stoltenberg.

Shundan so‘ng, NATO qarorgohida Finlandiyaning bayrog‘i ko‘tarilgan. Rasmiy marosimda Finlyandiya Prezidenti Sauli Niinistyo, Tashqi ishlar vaziri Pekka Haavisto, Mudofaa vaziri Antti Kaykkonen hamda NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg va alyansga a’zo boshqa davlatlar vakillari ishtirok etgan.

Ma’lumot uchun, Finlyandiya 2022 yil may oyida Shvetsiya bilan birgalikda NATOga qo‘shilish uchun ariza bergan. Finlyandiya a’zoligini oxirgi bo‘lib tasdiqlagan Turkiya hamon Shvetsiya qirolligining alyansga kirishini bloklashda davom etmoqda, chunki Stokgolm Turkiyada terrorizmda ayblangan qochoqlarni ekstraditsiya qilish bo‘yicha Anqaraning barcha talablarini bajarmagan.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Shvetsiya Finlyandiya Bryussel' Stoltenberg

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing