NATOda Turkiya bilan birdamlik uchun bayroqlar yarimga tushirildi

Olam

image

Turkiyaning Qahramonmarash viloyatidagi zilzilada minglab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan NATOning Bryusseldagi qarorgohida bayroqlar yarimga tushirildi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi. 

NATOning Bryusseldagi qarorgohi oldidagi 30 ittifoqchi davlat bayroqlari Turkiya va turk xalqi bilan birdamlik uchun 8 fevral oqshomiga qadar yarim tushirilgan holatda qoladi. 

Turkiyaning NATOdagi doimiy vakolatxonasi ijtimoiy media orqali ittifoqqa minnatdorlik bildirdi.  

“Biz ittifoqchilarimizga Turkiyaga ko‘rsatgan bunday kuchli va mazmunli birdamlik va yordam uchun chin dildan minnatdorlik bildiramiz”, deyiladi bayonotda. 

NATO matbuot kotibi Oana Lungesku, o‘z navbatida, NATO davlatlari falokat zonasida muhtojlarga yordam ko‘rsatish uchun sa’y-harakatlarini safarbar qilganini aytdi. 

Epimarkazi Turkiya janubi-sharqidagi Qahramonmarash viloyatida sodir bo‘lgan ikki kuchli zilzila (7,7 va 7,6 magnitudali) 6 fevral kuni Turkiyaning o‘n viloyatida keng ko‘lamli vayronagarchiliklarga olib keldi. Hatay viloyatida ham jiddiy zarar qayd etilgan. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada 3549 kishi yer silkinishi qurboni bo‘lgan, 22 168 kishi jarohatlangan. Vayronalar ostidan 8 mingdan ortiq odam qutqarib olindi. 

Vayronkor zilzila qo‘shni mamlakatlarda, jumladan Suriya, Livan, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Gretsiya Kipr va Iroqda ham sezildi. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Suriyaning Idlib, Halab, Xama, Latakiya va Raqqa viloyatlarida 1,6 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Turkiyadagi zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing