NATO Ukrainaga havo hujumidan mudofaa sohasida yordam berishni va’da qildi
Olam
−
20 aprel
2479NATO davlatlari Ukrainaga qo‘shimcha havo hujumidan mudofaa tizimlarini taqdim etish niyatida. Shimoliy Atlantika alyansi NATO doirasida resurslar topdi. Bu haqda tashkilot Bosh kotibi Yens Stoltenberg kecha, 19 aprel kuni Ukraina-NATO kengashi yig‘ilishidan so‘ng ma’lum qildi.
U alyansning qaysi a’zosi tegishli majburiyatlarni o‘z zimmasiga olganiga aniqlik kiritmadi. NATOga a’zo bo‘lgan alohida davlatlar yaqin kunlarda aniq bayonotlar berishi kutilmoqda.
“Havo hujumidan mudofaa tizimlariga ega bo‘lmagan davlatlar ularning Kiyev uchun sotib olinishini pul bilan qo‘llab-quvvatlashga rozi bo‘ldi”, deya qo‘shimcha qildi Stoltenberg.
Yig‘ilishda video aloqa orqali ishtirok etgan Prezident Vladimir Zelenskiy Ukrainaga o‘zining eng muhim ob’ektlarini himoya qilish uchun kamida yettita Patriot zenit-raketa kompleksi yoki shunga o‘xshash tizimlar kerakligini aytdi. Ukraina rahbari ittifoqchilarni bu masalada ikkilanmaslikka chaqirdi.
LiveBarchasi