NATO tashqi ishlar vazirlari Ukrainadagi vaziyatni muhokama qiladi

Olam

image

NATOga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari Bryusselda Ukrainadagi vaziyatni muhokama qiladi. Ikki kunlik muhokamalar bugun, 6 aprel kuni kechqurun NATO shtab-kvartirasida boshlanadi. 

Yig‘ilishning ochilishida NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg va AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken so‘zga chiqadi. Uchrashuv yakunida diplomatiya rahbarlari kechki ovqatga yig‘ilishadi. 

Alyans Bosh kotibi seshanba kuni Ukraina bo‘yicha bo‘lajak yig‘ilish haqida ma’lum qildi. 

Stoltenbergning aytishicha, vazirlar Ukrainaga kimyoviy va biologik hujum tahdidiga qarshi yordam, himoya vositalari, tankga qarshi qurollar, havo mudofaa tizimlari va boshqa jihozlar yetkazib berishni muhokama qiladi. 

Uchrashuvga Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba, shuningdek, Avstraliya, Finlyandiya, Gruziya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Yangi Zelandiya va Shvetsiya tashqi ishlar vazirlari ham taklif etilgan. 

NATO Bosh kotibining ta’kidlashicha, vazirlar Rossiyaning agressiv harakatlari oqibatlarini muhokama qiladilar va Moskva bilan kelajakdagi munosabatlarni ko‘rib chiqadilar.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 24 mart kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan NATOning favqulodda sammiti yakunida alyansga a’zolar Ukrainaga qo‘shin yubormaslikka kelishib oldilar. Ammo NATO Ukrainani kimyoviy, biologik va yadroviy qurollardan, shuningdek, kibermudofaadan himoya qilish uchun uskunalar beradi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

105

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing