NATO Xitoyga ishonchi yo‘qligini aytdi
Olam
−
24 fevral 2023
7270NATO Xitoyga ishonmaydi, chunki u Rossiyaning Ukrainaga bosqinini qoralamadi. Bu fikr bugun, 24 fevral kuni NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg tomonidan Estoniya poytaxti Tallindagi matbuot anjumanida Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha Xitoy taklif qilayotgan rejasiga bergan izohida aytib o‘tildi.
“Xitoy taklif qilayotgan tamoyillarga kelsak, birinchidan, Xitoyga ishonch yo‘q, chunki ular Rossiya bosqinini qoralay olmadilar. Va ular bosqindan oldin Rossiya bilan cheksiz do‘stlik to‘g‘risida shartnoma imzoladi”, degan Stoltenberg.
Bundan tashqari, NATO Xitoy Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatishni mumkin deb o‘ylaydi. Alyans Bosh kotibi ham Xitoyni diqqat bilan kuzatib borayotgani, uning Rossiyaga qurol-yarog‘ yetkazib berishni ko‘rib chiqayotgani alomatlarini payqaganini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy TIV Ukraina inqirozini siyosiy yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha takliflar kiritilgan hujjatni e’lon qilgan edi. Unda 12 band, jumladan, o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirish, xavfsizlik sohasidagi barcha mamlakatlarning qonuniy manfaatlarini hurmat qilish, Ukrainadagi gumanitar inqirozni hal qilish, Moskva va Kiyev o‘rtasida harbiy asirlarni almashish, shuningdek, BMT Xavfsizlik Kengashining tegishli qarorisiz bir tomonlama sanksiyalarni qo‘llashni bekor qilish kabi bo‘limlar bor edi. Keyinchalik Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Xitoy Kiyev va Moskva o‘rtasidagi mojaroni hal qilish haqida gapirayotganini ijobiy holat deb bilishini aytdi.
Alibek Beyjanov
LiveBarchasi