NATO qo‘shinlarining Ukrainaga kirishi Uchinchi jahon urushini anglatadi – Italiya TIV

Olam

image

Italiya Tashqi ishlar vaziri Antonio Tayani NATO qo‘shinlari Ukrainaga kirmasligi kerakligini aytdi. Bu haqda u Verona shahridagi tadbirda so‘z ochdi. 

Uning fikricha, agar NATO qo‘shinlari Ukrainaga kirsa, Uchinchi jahon urushi boshlanadi.

“NATO Ukrainada bo‘lmasligi kerak, deb o‘ylayman. Umid qilamanki, bu sodir bo‘lmaydi. U yerga borib, Rossiya bilan urush boshlash Uchinchi jahon urushi xavfini anglatadi”, deydi Tayani.

Shuningdek, vazir mamlakat xalqaro huquq va Ukraina erkinligini himoya qilishini, ammo Rossiya bilan urushda emasligini ham ta’kidlagan. 

“Biz Kiyevni barcha turdagi harbiy, iqtisodiy va texnik vositalar bilan ta’minlaymiz, ammo urushga kirish menga xatodek tuyuladi va italiyaliklarning hammasi ham buni xohlamaydi”, deydi TIV rahbari.

Ukrainaga Italiya qo‘shinlarini kiritish masalasi yo‘qligini tasdiqlagan Tayani mamlakat armiyasi Qizil dengiz, Livan, Iroq va Afrikadagi savdo kemalarini himoya qilishda yaxshi ish qilganini va tinchlik tashuvchisi ekanini urg‘ulagan.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron NATO qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish haqida nutq so‘zlagandi. Uning nutqidan so‘ng, Ukrainaga qo‘shin yuborish g‘oyasi ko‘plab G‘arb davlatlari, jumladan Germaniya, Bolgariya, Buyuk Britaniya, Vengriya, Ispaniya, Italiya va Chexiya tomonidan rad etildi. Polsha esa bu g‘oyani ma’qulladi. NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg alyansning Ukrainaga qo‘shin yuborish rejasi yo‘qligini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Ukraina Italiya Uchinchi jahon urushi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing