NATO Germaniyaning Rossiya bilan ehtimoliy urushga tayyorgarligi haqidagi xabarga izoh berdi

Olam

image

Avvalroq, “Bild” nashri Germaniya 2025 yilning yozida boshlanishi mumkin bo‘lgan NATO va Rossiya o‘rtasidagi urush rejasini ishlab chiqayotgani xaqida yozgandi. NATO strategik aloqalar markazi (Stratcom) direktori Yanis Sarts esa mazkur xabarda alyans imkoniyatlarini sinab ko‘rish uchun “xayoliy vaziyat” bilan mashg‘ulotlar ssenariysi tasvirlanganini ma’lum qildi. Bu haqda u o‘zining X’dagi sahifasida yozdi.

“Bild” materialida o‘quv ssenariysi mavjud bo‘lib, u har doim ma’lum bir hududda alyansning harbiy imkoniyatlarini sinab ko‘rish uchun xayoliy vaziyatni ifodalaydi”, deydi Stratcom direktori.

Uning aytishicha, avvallari bunday o‘quv ssenariylarida mavjud bo‘lmagan, butunlay xayoliy mamlakatlar va geografiyadan foydalanilgan. Endilikda esa o‘quv ssenariylarida real mamlakatlar va geografiya qo‘llanilmoqda.

“Bu vaziyatning rivojlanishini bashorat qiluvchi maxfiy razvedka tahlili emas!” deydi Yanis Sarts.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova esa NATO va Rossiya o‘rtasidagi urush boshlanishi haqidagi xabarni sharhlar ekan, buni “o‘tgan yilgi munajjimlar bashorati” deb atagan.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya NATO Rossiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing