NATO davlatlari Ukrainada ittifoq missiyasini yaratishga kelishib oldi

Olam

image

NATO Tashqi ishlar vazirlari Ukrainada alyans missiyasini yaratishga kelishib oldi. Bu haqda Polsha Tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorskiy ma’lum qildi.

“Bu biz jang qilamiz, degani emas. Ammo endi biz Ukrainani muvofiqlashtirish, tayyorlash va qo‘llab-quvvatlashni rejalashtirishda alyans imkoniyatlaridan yanada uyg‘unroq foydalana olamiz”, deydi vazir Bryusseldagi NATO Tashqi ishlar vazirlari sammiti yakunlari bo‘yicha.

NATO davlatlarining boshqa vakillari hozircha bu bayonotga izoh bermagan.

Garchi Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘z fuqarolarini NATO bilan ziddiyatga ishontirishga harakat qilayotgan bo‘lsa-da, bir kun oldin Sikorskiy NATO missiyasini yaratish Moskva uchun qarama-qarshilik bo‘lmasligini bildirgan.

“Men unga NATOga hujum qilishni maslahat bermayman, chunki biz 20 barobar boymiz, Rossiya bunday urushda yutqazadi. Xuddi SSSR sovuq urushda mag‘lub bo‘lganidek”, deydi vazir.

Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov, agar alyans harbiylari Ukraina hududida paydo bo‘lsa, Rossiya va NATO o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri mojaro muqarrar bo‘lishini ta’kidlagan edi.

Shuningdek, u Fransiya rahbari Emmanyuel Makronning Ukrainaga Yevropa davlatlaridan qo‘shin kiritilishiga ruxsat bergan so‘zlariga ham izoh bergan.

Peskovning aytishicha, NATOning boshqa davlatlari bunday harakatning potensial xavf-xatariga nisbatan ehtiyotkorlik bilan baho berishadi, chunki Rossiya bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘qnashuv ularning manfaatlariga mos kelmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Ukraina Dmitriy Peskov Radoslav Sikorski

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing