NATO Bosh kotibi Rossiyani Asad jinoyatlariga sherik deb atadi

Olam

image
Asad rejimi ostidagi Suriya qamoqxonalaridan ozod qilinganlar haqida nimalar ma’lum? (video) north_east

Asad rejimi ostidagi Suriya qamoqxonalaridan ozod qilinganlar haqida nimalar ma’lum? (video)

NATO Bosh kotibi Mark Ryutte Rossiya va Eron Suriyaning hokimiyatdan ag‘darilgan prezidenti Bashar Asad jinoyatlariga sherik ekani va rejimning qulashi ushbu ikki davlatning “ishonchsiz sheriklar” ekanini ko‘rsatganini aytdi. Bu haqda kecha, 9 dekabr kuni “Agence France-Presse” xabar berdi.

“Rossiya va Eron Asad rejimining asosiy qo‘llab-quvvatlovchilari bo‘lgan va ular Suriya xalqiga qarshi sodir etilgan jinoyatlar uchun mas’uliyatni baham ko‘rgan. Shuningdek, ular ishonchsiz hamkor ekanini isbotlab, Asad o‘zlariga foydasi yo‘q bo‘lganda uni tashlab ketishdi”, degan Ryutte.

U Asad hukmronligining tugashini “Suriya va mintaqa xalqi uchun quvonchli lahza, biroq ayni paytda noaniqlik” deb atadi.

“Biz hokimiyatning tinch yo‘l bilan o‘tkazilishi va Suriya boshchiligidagi inklyuziv siyosiy jarayonni kutmoqdamiz”, dedi Shimoliy Atlantika alyansi rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, NATO ushbu o‘tish davrida isyonchilar yetakchilarining o‘zini qanday tutishini diqqat bilan kuzatib boradi.

“Ular qonun ustuvorligini ta’minlashi, tinch aholini himoya qilishi va diniy ozchiliklarni hurmat qilishi kerak”, deb ta’kidladi Ryutte.

Yevropa Ittifoqi hokimiyatning tartibli va tinch yo‘l bilan o‘tishini yoqlaydi

Yevropa Ittifoqi davlatlari Bashar Asad hokimiyatdan ag‘darilganidan so‘ng Suriyada hokimiyatni “tartibli, tinch va inklyuziv tarzda o‘tishga” chaqirdi.

“Bugun biz mamlakat ichida ham, xorijda ham umidga to‘lgan, ammo kelajakning noaniqligidan qo‘rqqan barcha suriyaliklar bilan birgamiz. Javobgarlar javobgarlikka tortiladi”, dedi Yevropa  Ittifoqining Tashqi ishlar bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas .

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriyaning sobiq prezidenti Bashar Asad va uning oilasiga siyosiy boshpana berish qarorini Rossiya Prezidenti Vladimir Putin qabul qilgani haqida xabar berilgandi. Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov Suriyadagi vaziyat haqida gapirar ekan, u yerda sodir bo‘lgan voqea butun dunyoni hayratda qoldirgani va Kreml bu holatdan istisno emasligini aytgan. Putin matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, Suriya “beqarorlik bilan bog‘liq juda og‘ir davrni” kutmoqda, biroq Kreml Suriya ishlari bo‘yicha barcha mintaqa davlatlari bilan muloqotni davom ettiradi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Bosh kotibi Mark Ryutte

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing