“Yadro qurolini qo‘llashga tayyor”. Ryutte Rossiyadan ogohlantirish olganini aytdi

Olam

−

image

NATO Bosh kotibi Mark Ryutte alyans Kaliningradni qamalga olishga urinish sodir bo‘lgan taqdirda Rossiyadan yadro qurolini qo‘llash haqida ogohlantirish olganini aytdi. Bu haqda u bugun, 30 sentyabr kuni Bryusseldagi harbiy-kosmik konferensiyada so‘z ochdi. 

Mark Ryutte NATO Kaliningradni havo yoki dengiz orqali qamal qilishga uringan taqdirda, Rossiya o‘zining butun arsenalini, jumladan, yadro qurolini ishga solishi haqidagi ogohlantirishni olganini ma’lum qilgan. 

“Men mazmunini oshkor qilolmayman, lekin ha, biz bu xatni oldik va bu taxminan ular ommaviy axborot vositalariga xabar qilgan narsa”, deydi Ryutte.

Ma’lumot uchun, bugun, 30 sentyabr kuni Rossiyaning Irlandiyadagi elchixonasi davlat NATO mamlakatlariga nisbatan qaysi holatda yadro qurolini qo‘llashga tayyor ekanini oshkor qilgan. Elchixona Shimoliy Atlantika alyansi Kaliningrad viloyatini havo hamda dengiz orqali qamal qilishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqidagi ma’lumotga havola keltirgan.

“Hech qanday adashishlar bo‘lmasligi kerak: agar NATO mamlakatlari Kaliningrad viloyatini mamlakatning qolgan qismidan yakkalab qo‘yishga urinsa, Rossiya o‘z hududini himoya qilish uchun butun arsenalini, jumladan, yadro qurolini qo‘llashga tayyor bo‘ladi”, deyiladi elchixona bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq NATO mamlakatlari Rossiya tahdidi sababli aholini evakuatsiya qilish rejasini tayyorlayotgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing