NATO a’zolari soni 30 taga yetdi

Olam

image

Makedoniya Shimoliy atlantika alyansining 30-a’zosi bo‘ldi. Makedoniyaning NATOga qo‘shilishi to‘g‘risidagi qarorni Belgiya poytaxti Bryussel shahrida harbiy ittifoqqa a’zo 29 davlatning elchilari va rasmiy Skope vakili imzolagan. Bu haqda “Vesti” xabar berdi.
 
Yig‘ilishda NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg va Makedoniya tashqi ishlar vaziri Nikola Dimitrov ham ishtirok etgan.
 
Endilikda qaror a’zo davlatlarning parlamentlariga ratifikatsiya qilishlari uchun yuboriladi. Shundan so‘ng, Makedoniya o‘zi uni ratifikatsiya qilishi mumkin bo‘ladi.
 
Jarayon 2019 yil oxiriga qadar yakunlanishi kerak. Makedoniya dekabr oyida NATOning Londondagi sammitida al’yansning a’zosi sifatida rasman e’lon qilinadi. O‘sha sammitda NATO o‘zining 70 yilligini ham nishonlaydi.
 
Qayd etish kerakki, Makedoniya NATOga qo‘shilish uchun davlat nomini “Shimoliy Makedoniya Respublikasi” deb o‘zgartirishiga to‘g‘ri keldi.
 
Bugungacha Albaniya, Belgiya, Bolgariya, Buyuk Britaniya, Vengriya, Germaniya, Gretsiya, Daniya, Islandiya, Ispaniya, Italiya, Kanada, Latviya, Litva, Lyuksemburg, Niderlandiya, Norvegiya, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Slovakiya, Sloveniya, AQSH, Turkiya, Fransiya, Xorvatiya, Chernogoriya, Chexiya, Estoniya va Makedoniya NATOga a’zo edi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO

Baholaganlar

2214

Reyting

2.6

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing