“Nasaf” OFK Kubogi pley-off bosqichi uchun yakuniy tarkibni e’lon qildi
Sport
−
24 avgust 2021
3435Qarshining “Nasaf” klubi ertaga, 25 avgust kuni OFK Kubogining 1/8 final bosqichi doirasida Turkmanistonning “Ahal” jamoasini qabul qiladi.
Pley-off bahsi oldidan “ajdarlar”ning qaydnomaga kiritilgan futbolchilari ma’lum bo‘ldi. Undan 25 futbolchi, xususan, davralar oralig‘ida tarkibga jalb etilgan serbiyalik hujumchi Andrea Kaluderovich, jamoaga qaytgan yarimhimoyachilar Doniyor Narzullayev va Bahrom Abdurahimov ham o‘rin olgan.
Darvozabonlar: Umidjon Ergashev, Azamat Soyibov, Abduvohid Ne’matov, Shahzod Suyunov;
Himoyachilar: Alibek Davronov, Husniddin Aliqulov, G‘olib G‘aybullayev, Dilshod Saidov, Jo‘rabek Mannonov, Sardor Sa’dullayev, Sherzod Nasrullayev, Jasur Jumayev, Umar Eshmurodov;
Yarimhimoyachilar: Doniyor Narzullayev, Bahrom Abdurahimov, Suhrob Nurulloyev, Akmal Mozgovoy, Shohmalik Komilov, Shahzod Akramov, Shahboz Nuriddinov, Abubakr-Rizo Turdialiyev, Oybek Bozorov, Marko Stanoyevich (Serbiya);
Hujumchilar: Husayn Norchayev, Andrea Kaluderovich (Serbiya).
Eslatib o‘tamiz, “Nasaf” “Ye” guruhida Turkmanistonning “Oltin Asr”, Tojikistonning “Xo‘jand” va Qirg‘izistonning “Oloy” jamoalari bilan bahs olib borib, guruhda 1-o‘rinni egallagandi. Uchrashuvni saudiyalik Muhammad Xolid Al Hoish boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Pley-off bahslari bir o‘yindan iborat bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, “Nasaf” 2011 yilda OFK kubogi finalida Quvaytning “Al-Quvayt” jamoasini mag‘lub etib, musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritgan edi.
LiveBarchasi