NASA vertolyoti Marsda ilk parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirdi 

Texnologiya

image

Avvalroq, AQSHning Aeronavtika va kosmosni tadqiq qilish milliy agentligi (NASA) Marsda uchuvchisiz Ingenuity vertolyotining birinchi sinov parvozini qoldirgani haqida xabar bergandik. 

Perseverance roveri bilan Marsga yetib kelgan Ingenuity dron vertolyoti bugun, 19 aprel kuni Qizil sayyorada birinchi sinov parvozini amalga oshirdi. Bu haqda NASA xabar bergan.  

Taxminan 20 soniya davom etgan birinchi parvozning balandligi uch metrga yaqin bo‘lgan. 

Parvoz paytida Perseverance roveri vertolyot tomonidan olingan tasvirlar va ma’lumotlarni Yerga uzatgan. 

Navbatdagi parvozlar paytida vertolyotni besh metrgacha ko‘tarish rejalashtirilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, vertolyot Perseverance roverida joriy yil 18 fevral kuni Yezero krateriga yetkazilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

parvoz Mars

Baholaganlar

104

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing