NASA Oyga missiya jo‘natadi

Olam

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 3 sentyabr kuni Oyga uchuvchisiz parvoz doirasida Space Launch System (SLS)  tashuvchi raketasi “Orion” kosmik kemasi bilan uchiriladi. Bu haqda kecha, 30 avgust kuni NASA'ning Oyga parvozlar dasturi rahbari Maykl Sarafin ma’lum qildi.

“Uchirish 3 sentyabr kuni amalga oshiriladi, oyna AQSHning sharqiy qirg‘og‘i vaqti bilan soat 14:17 da ochiladi”, deydi Sarafin.

Shuningdek, u parvoz dastlab 2 sentyabrga belgilanganini, biroq salbiy ob-havo prognozi tufayli sana o‘zgartirilganini aytib o‘tgan.

Qayd etilishicha, Artemis 1 missiyasining ishga tushirilishi 29 avgust kuni texnik muammolar tufayli bekor qilingan. Raketa-tashuvchining dvigatellaridan birida vodorod sizib chiqayotgani aniqlangan.

Keyinchalik SLS dasturi menejeri Jon Xanikattning ma’lum qilishicha, aniqlangan vodorod sizib chiqishi dvigatellardan birining ishlashi bilan bog‘liq bo‘lmagan. Muammo bartaraf etilgan.

“Biz uchinchi dvigatel bilan bog‘liq hech qanday aniq muammolarni topmadik”, deydi u.

Ma’lumot o‘rnida, 2019 yilning bahorida NASA uch bosqichdan iborat bo‘lgan Artemis dasturini e’lon qilgan. Ulardan birinchisi (Artemis 1) “Orion”ning Oy atrofida uchuvchisiz parvozini va uning Yerga qaytishini nazarda tutadi. Ikkinchi bosqich (Artemis 2) bortda ekipaj bilan Yerning tabiiy sun’iy yo‘ldoshi atrofida parvoz qilish. Missiyaning uchinchi bosqichida (Artemis 3) NASA astronavtlarni 2024 yilda Oyga qo‘ndirib, so‘ngra ularni taxminan 2030 yillarning o‘rtalarida Marsga jo‘natishini kutmoqda.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

NASA

Baholaganlar

58

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing