NASA Oyda uy qurmoqchi

Texnologiya

image

NASA kosmik agentligi Oyda bir nechta uydan iborat birinchi mikrotumanni qurmoqchi. Bu haqda “Chudo texnika” nashri xabar berdi. 

NASA 2025 yilda yana odamlarni Oyga uchirishni va u yerda kosmik stansiya qurishni rejalashtirmoqda. Uning yonida esa bir nechta uydan iborat butun bir mikrotuman shakllantiriladi.

Ushbu loyihani ishlab chiqish Texasning ICON qurilish kompaniyasi bilan birgalikda amalga oshirilmoqda. Kompaniya ushbu sohada yetarlicha tajribaga ega. U Yerda 3D maketlarni bosib chiqarish bilan shug‘ullanadi. Xuddi shunday printer Oy uchun maxsus ishlab chiqilmoqda. Hozirda u oy tuprog‘i bilan ishlashga moslashtirilyapti.

Bugungi kunga qadar loyihaga 60 million AQSH dollari sarmoya kiritildi va prototip sinovlari allaqachon boshlangan. Buning uchun Oydagi sharoitga yaqin muhitni ta’minlovchi maxsus kamera yaratildi.

Kelajakda nafaqat missiyalar paytida kosmonavtlar, balki birinchi kolonistlar ham oy uylarida yashashlari mumkin bo‘ladi. NASA Oyda tuman qurishni 2040 yilda boshlashni rejalashtirgan. Ammo bu muddat bundan ham uzoqroqqa cho‘zilishi mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, SpaceX va NASA eng muhim kosmik missiyalardan biriga start berdi. 13 oktyabr kuni Kennedi kosmik markazida 10 kvintillion dollarlik Psyche-16 asteroidiga zond olib o‘tadigan SpaceX Falcon Heavy raketasi uchirildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Oy uy NASA 3D

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing