NASA asteroid trayektoriyasini o‘zgartirish missiyasi muvaffaqiyatli o‘tganini e’lon qildi

Texnologiya

image
NASA asteroid orbitasini o‘zgartirishi uchun unga zarba berdi (video) north_east

NASA asteroid orbitasini o‘zgartirishi uchun unga zarba berdi (video)

NASA o‘tkazgan missiya doirasida kutilganidek, Dimorf asteroidining orbitasi DART zondi bilan texnogen to‘qnashuvdan so‘ng o‘zgardi. Bu haqda NASA xabar berdi.

Zarbadan keyin olib borilgan kuzatuvlar shuni ko‘rsatdiki, Dimorfning kattaroq Didim asteroidi atrofida aylanish davri 32 daqiqaga, 11 soat 55 daqiqadan 11 soat 23 daqiqagacha qisqargan. Bundan tashqari, ikkita asteroidning o‘zaro pozitsiyasi o‘zgargan.

DART missiyasi samoviy jismning trayektoriyasini o‘zgartirishga yo‘naltirilgan tarixdagi birinchisi bo‘ldi. Taxminlarga ko‘ra, bunday texnologiya kelajakda har qanday asteroidning Yer bilan to‘qnashuvining oldini olish uchun ishlatilishi mumkin.

Hozir Dimorf va Didim Yerdan taxminan 11 million kilometr uzoqlikda joylashgan. NASA mutaxassislarining ta’kidlashicha, bu asteroidlar har qanday holatda ham Yer uchun hech qanday xavf tug‘dirmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

NASA

Baholaganlar

87

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing