NASA asteroid orbitasini o‘zgartirishi uchun unga zarba berdi (video)

Olam

image
0:00
0:00
download

Amerikaning DART (Double Asteroid Redirection Test – “Qo‘shaloq asteroid orbitasini o‘zgartirish bo‘yicha tajriba”) zondi Yerni potensial xavfli kosmik ob’ektlardan himoya qilishning birinchi turini sinab ko‘rish uchun “Dimorf” asteroidi bilan to‘qnashdi. Bu haqda AQSH Milliy Aeronavtika va kosmik ma’muriyati (NASA) xabar berdi.

DART zondining Yerga xavf tug‘dirmaydigan asteroid bilan to‘qnashuvi AQSHning Sharqiy qirg‘og‘i vaqti bilan soat 19:15 da sodir bo‘ldi. To‘qnashuv vaqtida zond soatiga 24 ming km tezlikda harakatlanayotgan edi.

DART o‘tgan yilning noyabr oyida Kaliforniyadagi AQSH kosmik kuchlarining Vandenberg bazasidan SpaceX kompaniyasining Falcon 9 raketasi yordamida uchirilgan.

Aeronavtika tashkilotining sayyoralarni tadqiq qilish bo‘limi boshlig‘i Lori Gleyzning aytishicha, muvaffaqiyatli tajriba “o‘zimizni xavfli asteroidlardan himoya qila oladigan yangi davrni ochadi”. NASA rahbari Bill Nelson, o‘z navbatida, ilmiy eksperiment natijalari “kelajakda sayyorani yaqinlashib kelayotgan asteroiddan qanday himoya qilishni tushunishga imkon berishini” ta’kidladi.

Avvalroq NASA qurilmaning zarbasi natijasida kattaroq “Didim” asteroidi atrofida aylanadigan “Dimorf” orbitasidan biroz og‘ishiga to‘g‘ri kelishini tushuntirgan edi. Olimlar Yerdan teleskoplar yordamida og‘ishlarni tuzatish uchun bu yetarli bo‘lishini taxmin qilmoqda. Tajribaning maqsadi kelajakda sayyora uchun haqiqatan ham xavfli bo‘lgan asteroidlar paydo bo‘lgan taqdirda mutaxassislar ularning trayektoriyasini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan texnikani ishlab chiqishdan iborat.


Maqola muallifi

Teglar

NASA

Baholaganlar

500

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing