O‘zbekiston NASA bilan hamkorlikni kengaytirishi mumkin

Jamiyat

−

image

O‘zbekiston Artemida bitimlarini imzolagan dunyodagi 77-davlat bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

“Ikki tomonlama muzokaralardan so‘ng AQSH Davlat kotibi Marko Rubio janoblari bilan Oy, Mars, kometalar va asteroidlardan tinchlik maqsadlarida foydalanish hamda ularni tadqiq etish bo‘yicha hamkorlik tamoyillarini belgilovchi Artemida bitimlarini imzoladik”, deydi Saidov.

Uning bildirishicha, mazkur hujjat O‘zbekistonning NASA va boshqa ishtirokchi davlatlar kosmik agentliklari bilan hamkorligini kengaytirish, milliy kadrlarni tayyorlash hamda kosmik texnologiyalar transferi uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

O‘zbekiston Artemida bitimlarini imzolagan 77-davlat bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Baxtiyor Saidov AQSH Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing