NASA Artemis III missiyasi ekipajini e’lon qildi
Olam
−
10 iyun 1047 2 daqiqa
AQSHning Milliy aeronavtika va kosmik fazoni tadqiq etish boshqarmasi rahbari Jared Ayzekman Artemis III kosmik missiyasi tarkibi to‘rt nafar astronavtdan iborat bo‘lishini ma’lum qildi. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi.
Qayd etilishicha, ekipajda AQSH va Italiya vakillari hamda Yevropa kosmik agentligi astronavti ishtirok etadi. Missiya komandiri etib amerikalik astronavt Rendi Breznik tayinlangan. Uchuvchi vazifasini italiyalik astronavt Luka Parmitano bajaradi. Yana ikki amerikaliklar – Frenk Rubio va Andre Duglas missiya mutaxassislari sifatida ishtirok etadi. Zaxira ekipaj a’zosi etib Bob Xayns tayinlangan.
Bildirilishicha, Artemis III’dan farqli ravishda ushbu parvoz Yer orbitasida amalga oshiriladi. Missiyaning asosiy maqsadi Oyga insonni yuborish jarayonida bir nechta raketa tizimidan foydalanish va ularning o‘zaro hamkorligini sinovdan o‘tkazishdan iborat.
Jared Ayzekmanning aytishicha, Artemis III bir nechta parvozdan iborat kompaniyalarni yo‘lga qo‘yish hamda turli tizimlarning mosligini tekshirishga xizmat qiladi. Missiyada SpaceX va Blue Origin kompaniyalari texnologiyalaridan foydalanish rejalashtirilgan.
Blue Origin vakili Kuluris kompaniya NASA uchun zarur apparatni kelgusi yilda taqdim etishi mumkinligini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, tayyorgarlik ishlari 2027 yilgacha yakunlanishi kutilmoqda.
Rejaga ko‘ra, ekipaj Orion kosmik kemasida parvoz qiladi. Uni Yer orbitasiga Space Launch System raketa tashuvchisi olib chiqadi. Keyinchalik Orion Blue Origin apparati hamda SpaceX’ning Starship kemasi bilan tutashish va ajralib chiqish amallarini bajaradi. Missiya yakunida ekipaj Yerga qaytib, Tinch okeaniga qo‘nadi.
Ikki hafta davom etishi kutilgan ushbu parvoz Oyga insonlarni qaytarish dasturining muhim bosqichi sifatida baholanmoqda.
Live
Barchasi