“Narxoz”ning prorektori qidiruvga berildi. Unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan
Jamiyat
−
05 Oktabr 2021
29448Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sobiq prorektori Nodir Fozilovich Idiyev firibgarlikda ayblanib, qidiruvga berildi. Bu haqda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Nodir Idiyev 1972 yilning 26 fevralida Buxoro viloyati Buxoro shahrida tug‘ilgan. Toshkent shahar Shayxontohur tumani Xurshid ko‘chasi 10 A-uy 36-xonadonda yashagan.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Matbuot kotibining ma’lum qilishicha, Nodir Idiyev 2020 yilning yanvar oyidan ushbu universitetning prorektor lavozimida faoliyat yuritgan. 2021 yil iyul oyida mehnat ta’tiliga chiqib ketgan va shu bilan ishga qaytib kelmagan.
Ayni vaqtda Nodir Idiyevga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (ko‘p miqdordagi firibgarlik) va 209-modda “a” bandi (Mansab soxtakorligi, takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
“Ushbu shaxsning yashiringan joyini aniqlashda amaliy yordam ko‘rsatgan fuqaroning shaxsi sir saqlanadi hamda pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi”, deyiladi xabarda.
E’londa keltirilishicha, sobiq prorektorning qayerdaligini aniqlaganlar quyidagi raqamlarga telefon qilib murojaat qilishlari mumkin:
(65) 222-59-00;
(65) 222-89-50;
(98) 274-93-33
(97) 301-44-41
102
LiveBarchasi