“Napoli” klubi stadioni Maradona sharafiga nomlandi
Olam
−
04 dekabr 2020
3739Italiyaning Neapol shahridagi “Napoli” klubining uy o‘yinlarini o‘tkazuvchi stadion rasman futbol afsonasi Diyego Armando Maradona sharafiga qayta nomlandi. Bu haqda Neapol munitsipaliteti saytida xabar berildi.
“San-Paolo” stadionini Maradona sharafiga nomlash taklifi Neapol meri Luiji De Majistris va uning toponimika masalalari bo‘yicha maslahatchisi Alessandr Klement tomonidan bildirilgandi. Endilikda stadion "Diyego Armando Maradona" stadioni deb ataladi.
Eslatib o‘tamiz, argentinalik futbolchi Diyego Maradona 25 noyabr kuni 60 yoshida vafot etdi. Uning o‘limiga yurak huruji sabab bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Diyego Maradona "Barselona", "Napoli", "Sevilya" safida to‘p surgan. 1977-1994 yillarda Argentina terma jamoasida o‘ynagan va 1986 yilda jahon chempioni bo‘lgan. 1990 yilda esa Jahon chempionatida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan. FIFA saytidagi ovoz berish natijasiga ko‘ra, XX asrning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan.
LiveBarchasi