Maradonaning o‘limida ayblanayotgan shifokorlar 12 yilgacha qamalishi mumkin
Sport
−
09:16 467 1 daqiqa
Argentina prokuraturasi mashhur futbolchi Diyego Maradonaning o‘limi bo‘yicha ayblanayotgan tibbiyot xodimlariga 4 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlashni so‘radi. Bu haqda TN nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, prokurorlar neyroxirurg Leopoldo Luke uchun 12 yil, tibbiy sug‘urta koordinatori Nensi Forlini uchun 10 yil, psixiatr Agustina Kosacheva uchun esa 8 yil qamoq jazosini so‘ragan.
Shuningdek, prokuratura psixolog Karlos Diasni 5 yilga, hamshiralar Rikardo Almiron va Mariano Perroneni esa 4 yildan ozodlikdan mahrum qilishni talab qilmoqda.
Kecha, 8 oktyabr kuni Diyego Maradonaning o‘limi bo‘yicha sudda ayblov va himoya tomonlari yakuniy bahslarni boshlagan. Maradonaning sog‘lig‘ini kuzatgan va uni davolagan tibbiyot xodimlari futbolchining o‘limi yuzasidan sudlanmoqda.
Prokuraturaning bildirishicha, tibbiyot xodimlari bemorga zarur tibbiy yordam ko‘rsatmagan va uni davolashda beparvolikka yo‘l qo‘ygan. Ayblov tomonining fikricha, ushbu harakatsizlik Maradonaning vafot etishiga olib kelgan bo‘lishi mumkin.
Live
Barchasi