Namangandagi “tozalash”. 35 kishi qo‘lga olindi
3-sahifa
−
05 dekabr 2023
14930Namangan viloyatida ham kriminogen vaziyat ustidan nazorat tadbirlarida sud va tergovdan yashirinib yurgan 35 kishi qo‘lga olindi. Bu haqda Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
“Namangan viloyati hududida tezkor-profilaktik tadbirlarning "dolzarb 40 kunligi" doirasida jinoyatchilikka chek qo‘yish, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, fuqarolar xavfsizligi va hudud osoyishtaligini ta’minlash hamda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasida Namangan viloyati Ichki ishlar organlari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralari bilan hamkorlikda amaliy ishlar olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Jumladan, o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida 20 ta holatda ko‘p miqdordagi giyohvandlik moddalari, 7 ta holatda 4615 dona psixotrop dori vositalarini saqlash va o‘tkazish holatlari, 13 dona noqonuniy qurol hamda 190 dona o‘q-dorilarni saqlash holatlari, 61 000 donadan oshiq turli xil pirotexnika vositalarini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritilishi holatlariga chek qo‘yilgan.
Shuningdek, tergov va sud organlaridan yashirinib yurgan 35 nafar shaxslar ushlanib, qonun ustuvorligi ta’minlangan.
Bundan tashqari, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish maqsadida maxsus tezkor tadbirlar o‘tkazilib, jinoyatga jazo muqarrarligi ta’minlanmoqda.
LiveBarchasi