Namangandagi bog‘chada ombor mudiri tarbiyalanuvchini zo‘rladi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatidagi bog‘chada ombor mudiri 5 yashar tarbiyalanuvchini zo‘rlagani haqida xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish maqsadida Bolalar ombudsmani bilan bog‘landi.

Bildirilishicha, bolaga qarshi sodir etilgan mazkur jinsiy zo‘ravonlik holati yuzasidan tuman IIB Tergov bo‘linmasi tomonidan joriy yilning 12 sentyabr kuni Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Shu kunning o‘zida gumonlanuvchi K.M. protsessual tartibda darhol ushlangan va unga nisbatan  qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bolalar ombudsmani mazkur ish yurituvida vakolatlari doirasida jabrlanuvchi bolaning qonuniy manfaatlari ta’minlanishi bo‘yicha o‘z kuzatuvini olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryoda voyaga yetmagan qiz bilan bog‘liq jinoyatda ayblangan sobiq ichki ishlar xodimi 15 yilga qamalgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing