Namanganda yer qimirladi
Jamiyat
−
20 avgust 2024 4725 1 daqiqa
Bugun, 20 avgust kuni Namangan viloyatida 3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Zilzila mahalliy vaqt bilan soat 16:01 da sodir bo‘lgan. Epitsentr: Namangan viloyati, Uychi tumani. Zilzila koordinatalari: 40,96 gradus shimoliy kenglik; 71,8 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 219 km janubiy-g‘arbda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fanlar akademiyasi axborot xizmati tomonidan Toshkent shahri hududida 6,5 va undan yuqori balli zilzilalar sodir bo‘lish xavfi borligi ma’lum qilingandi.
Live
Barchasi
SAXAL jurnalistlarga zarba berilganini tasdiqlab, ulardan birini “Hizbulloh” terrorchisi deb atadi
28 mart
Tramp “qora shahzoda”ni “orqasidan o‘pishi kerak”ligini va unga “bu yoqimli bo‘lishi”ni aytdi
28 mart