Namanganda ham “paqildoq” sotayotganlar ushlandi
3-sahifa
−
21 dekabr
1406Namangan viloyatining Namangan tumani pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, pirotexnika buyumlarining muomalaga kiritilishining oldini olish maqsadida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar Yo.K. va U.R. Gentra rusumli avtomashinasida umumiy bahosi 40,1 million so‘mlik xorijda ishlab chiqarilgan 6 xil turdagi jami 138 dona pirotexnika buyumlarini fuqaro M.X.ga o‘tkazish uchun olib kelgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 2501- moddasi (Pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hoizrda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, 2009 yil oxirida hukumat qarori bilan O‘zbekiston hududiga pirotexnika vositalarini olib kirish, shuningdek, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, sotish va ulardan foydalanish vaqtinchalik taqiqlangan. Pirotexnika mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo‘natish, undan foydalanish, shuningdek, O‘zbekistonga noqonuniy olib kirish yoki olib chiqish, shuningdek, pirotexnika mahsulotlarini realizatsiya qilish, huquqbuzarlik buyumlari musodara qilingan holda 1,7 million so‘mdan 6,8 million so‘mgacha jarima solishga sabab bo‘ladi.
Pirotexnika vositalari, ular uchun qurol va o‘q-dorilar, harbiy mahsulotlar reklamasiga qo‘yiladigan talablarni buzish BHMning 50 baravari miqdorida (17 million so‘m) jarima solishga sabab bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Shayxontohur tumani Chorsu “Eski juva” dehqon bozori hududida pirotexnika savdosi bilan shug‘ullanayotgan shaxs qo‘lga olingandi.