Namanganda maktab o‘quvchisi paxta “pritsepi”ning tagida qolib vafot etdi
3-sahifa
−
05 noyabr
10144Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatining Pop tumanida 9-sinf o‘quvchisining paxta ortilgan traktor aravasidan yiqilib boshidan og‘ir jarohat olgani va halok bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Unda o‘sha kuni fermerning uyida to‘y bo‘layotgani, hokimlikdan kelib “paxta” deb shoshiltirgach, ota o‘z o‘rniga o‘g‘lini paxta topshirishga yuborgani yozilgan. Ushbu mahalliy fermerning o‘g‘li yo‘lda uch nafar o‘smirni o‘zi bilan olib, paxta yuklangan “pritsep” ichida yo‘lga chiqqan. Yo‘lda “pritsep” ag‘darilib ketishi oqibatida bolalardan biri halok bo‘lgan.
QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish maqsadida Bolalar ombudsmani bilan bog‘landi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 3 noyabr kuni 2003 yilda tug‘ilgan A.A. traktor va unga ulangan tirkamani zovur bo‘yidan o‘tuvchi ichki yo‘lda boshqarib ketayotganda, traktorga ulangan bog‘lovchi tortqich uzilib ketishi oqibatida tirkama zovurga qulagan. Oqibatda 2009 yilda tug‘ilgan T.P. ismli o‘g‘il bola jarohat olib, vafot etgan.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovga ko‘ra, holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.