Namanganda o‘quvchilar mudhish YTH sodir etdi (video)
3-sahifa
−
07 Oktabr 2024 11128 2 daqiqa
Joriy yilning 2 oktyabr kuni Namangan viloyatida maktab va texnikum o‘quvchilari boshqaruvidagi Gentra hamda yuk mashinasi o‘rtasida dahshatli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, YTH soat 11:00 da viloyatning Namangan shahri Marg‘ilon ko‘chasida Gentra avtomobili va “ZIL” rusumli yuk mashinasi ishtirokida sodir bo‘lgan. 5 nafar maktab va texnikum o‘quvchilari tomonidan ijaraga olingan Gentra mashinasini boshqarib borayotgan voyaga yetmagan haydovchi hushyorlikni yo‘qotib, yo‘lning o‘rtasini ajratib turuvchi beton to‘siqdan oshib, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan “ZIL” bilan to‘qnashgan. Oqibatda Gentra ichida bo‘lgan jabrlangan yo‘lovchilar Respublika shoshilinch tez-tibbiy yordam ilmiy markazining Namangan filiali jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Biroq haydovchi olgan jarohatlari tufayli shifoxonaga yetmasdan vafot etgan. Jabrlanuvchilarning qolgan 4 nafari (3 nafari 17 yosh, bir nafari esa 15 yosh) ham og‘ir holatda jonlantirish bo‘limida qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 3 kishi vafot etdi. Urgut tumani “Xo‘jaguzar” MFY hududidan o‘tuvchi “Urgut-G‘o‘s-Avazmergan” avtomobil yo‘lining 5-kilometrida 2003 yilda tug‘ilgan Sobalt rusumli avtomobil haydovchisi “Urgut-G‘o‘s” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan vaqtda rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan 1991 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Damas rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025