Namanganda odamlar dor yo‘lida osilib qoldi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatida joylashgan dam olish maskanlaridan birida kanatning to‘xtab qolishi oqibatida odamlar osilib qolgani aks etgan videolar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi dastlabki ma’lumotlarni taqdim etdi.

Aniqlanishicha, ushbu vokea kecha, 29 iyun kuni yuz bergan. Tarqalgan videolardan odamlarning kanatda osilib turganini ko‘rish mumkin.

Namangan FVB Matbuot xizmatining xabar berishicha, hozirda tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi qutqaruvchilari, tuman hokimligi va Ichki ishlar bo‘limlari vakillaridan iborat ishchi guruh voqea joyiga yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdagi ko‘ngilochar bog‘da joylashgan attraksiondan 2 nafar shaxs yiqilib tushgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan kanat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing