Namanganda MIB xodimlarini jarohatlagan fuqaro qamaldi
3-sahifa
−
15 iyul
4734Namangan viloyatida Majburiy ijro byurosi xodimiga jarohat yetkazgan fuqaro 3 yil 7 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, MIBning Chust tumani bo‘limi davlat ijrochilari fuqaro J.N.ning xonadoniga boshqa haqdor fuqaro foydasiga 42,1 million so‘m qarzdorlikni undirish maqsadida borgan. Qarzdor esa majburiyatini bajarish o‘rniga, davlat ijrochilari faoliyatiga keskin qarshilik ko‘rsatib, ularni haqoratlagan. Ulardan birining yuz qismiga, boshqasining ko‘krak qismiga jarohat yetkazgan.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) 2-qismi bilan 3 yil 7 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoroda qarzdor fuqaro MIB xodimini urib, mashinasini yoqib yuborgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi