Namanganda xizmat xonasida qimor o‘ynagan maktab direktori ishdan bo‘shatildi

3-sahifa

image

Namangan viloyati Chortoq tumanidagi maktab direktori o‘z xizmat xonasida qimor o‘ynagani aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati munosabat bildirdi. 

Qayd etilishicha, kecha, 17 dekabr kuni Namangan viloyati Chortoq tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reyd natijasida 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori o‘z xizmat xonasida qimor o‘yini tashkil etib, sheriklari bilan o‘ynayotgani aniqlangan.  

Hozirda holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Tashkilotda o‘rnatilgan ichki mehnat tartib qoidalarini qo‘pol ravishda buzganligi uchun maktab direktori bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ish beruvchi tashabbusiga ko‘ra bir tomonlama bekor qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida o‘z xonadonida noqonuniy qimorxona tashkil qilgan shaxs ushlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan Chortoq qimor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing