Namanganda o‘qituvchilarga majburan chipta sotgan MMTB xodimi jazolandi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda bayram konsertiga Namangan viloyati Namangan tumanidagi maktab va davlat maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlariga majburiy ravishda chipta sotilayotgani aytilgan xabar tarqalgan edi. Mazkur holat yuzasidan viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, xabarga aniqlik kiritish maqsadida tezkor ishchi guruhi tuzilib, o‘rganish ishlari olib borilgan. Jarayonda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimi tomonidan o‘zboshimchalik bilan chiptalar sotilgani aniqlangan va hozirda ta’lim muassasalari xodimlariga pullari qaytarib berilgan. MMTB xodimiga “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.

“Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi umumta’lim muassasalarida nainki majburiy, balki asossiz va qonunga zid ravishda har qanday pul mablag‘lari yig‘ilishiga yo‘l qo‘ymasligini  bildiradi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyati Chortoq tumanidagi maktab direktori o‘z xizmat xonasida qimor o‘ynagani aniqlangandi. Tashkilotda o‘rnatilgan ichki mehnat tartib qoidalarini qo‘pol ravishda buzganligi uchun maktab direktori bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ish beruvchi tashabbusiga ko‘ra bir tomonlama bekor qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan chipta

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing