Irkutskdan Namanganga uchayotgan samolyot Farg‘onaga qo‘nishga majbur bo‘ldi

Jamiyat

−

image

Rossiyaning Irkutsk shahridan Namanganga uchayotgan samolyot Farg‘onaga qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.

Qayd etilishicha, Namangan xalqaro aeroportida noqulay ob-havo sharoiti (tuman) tufayli “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Irkutsk – Namangan yo‘nalishi bo‘yicha HY9822 reysi ekipaji Farg‘onadagi muqobil aerodromga qo‘nishga qaror qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moskvadan Namanganga uchayotgan samolyot quyuq tuman tufayli Toshkentdagi muqobil aeroportga yo‘naltirilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing