Namanganda Lacetti o‘quvchi qizni urib yubordi

3-sahifa

image

Namangan viloyati Uychi tumanida Lacetti 11 yoshli qiz urib yubordi. Oqibatda qiz vafot etdi. Bu haqda Namangan viloyat YHXB xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, holat 22 fevral kuni soat 15:10 atrofida Yakkatut mahallasidan o‘tgan yo‘lda sodir bo‘lgan. Lacetti yuqori tezlikda harakatlanayotganda 2014 yilda tug‘ilgan qiz yo‘lning belgilanmagan qismidan yugurib chiqib qolgan. Oqibatda qiz shifoxonada vafot etgan. 

Hozirda YTH yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namanganda piyodani urib, qochib ketgan Gentra haydovchisi ushlangandi. Holat yuzasidan Namangan shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 117-moddasi 2-qismi (Xavf ostida qoldirish) va 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.  

Mohimbegim Ma’rufaliyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Namangan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing