Namanganda Damas yonib ketdi
3-sahifa
−
03 iyul 2023 4753 1 daqiqa
Namangan viloyati Davlatobod tumanida Damas avtomobilida yong‘in chiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 3 iyul kuni soat 10:13 da Namangan viloyati Davlatobod tumani “To‘quvchi” MFY Kosonsoy ko‘chasida joylashgan avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasi hududida Damas rusumli avtomobilda yong‘in yuzaga kelgan.
“Yong‘inni o‘chirish uchun 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 10:18 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 10:19 da qurshab olingan va soat 10:23 da o‘chirilgan”, deyiladi xabarda.
Aytilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr