Namanganda 1,2 mlrd imtiyozli kredit “tuya qilindi”
3-sahifa
−
22 Oktabr 2022 10865 1 daqiqa
Namangan viloyatining Pop tumanida MCHJ rahbari 1,2 mlrd so‘m imtiyozli kredit mablag‘ini o‘zlashtirgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Departamentning Pop tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A-P.” MCHJ rahbari A.T. turmush o‘rtog‘i S. nomiga tashkil etilgan “O.S.” MCHJga bank filialidan ajratilgan 1 mlrd so‘m hamda “A-P.” MCHJga ajratilgan 200 mln so‘m imtiyozli kredit evaziga xarid qilingan tibbiy dastgohlar va ishlab chiqarish uskunasini boshqa shaxslarga sotib yuborgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Live
Barchasi