Namangan viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
Jamiyat
−
09 Oktabr 2020
12435Biroz avval, Namangan viloyati prokurori Akmalxo‘ja Mavlonov O‘zbekiston Prezidentining tegishli farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.
Bugun, 8 oktyabr kuni Namangan viloyatining yangi prokurori tayinlandi. Bu haqida viloyat hokimligi xabar berdi. Unga ko‘ra, Jahongir Hotamov Namangan viloyati prokurori etib tayinlangan.
Namangan viloyati hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev, viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov ishtirok etgan.
Bosh prokuror o‘rinbosari etib tayinlangan viloyatning sobiq prokurori Akmalxo‘ja Mavlonovning xizmatlari alohida e’tirof etilib, izzat-ikrom bilan kuzatilgan.
Jahongir Hotamov 2016—2017-yillarda Jizzax viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari, 2017—2018-yillarda Toshkent shahar prokurorining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.
U 2018 yil fevralidan hozirga qadar Xorazm viloyati prokurori lavozimida ishlab kelayotgandi.
LiveBarchasi