Bosh prokurorga o‘rinbosarlar tayinlandi

Jamiyat

image

Bosh prokuror Nig‘matulla Yo‘ldoshevga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 9 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoniga asosan adliya katta maslahatchisi Jahongir Jo‘rayevich Hotamov Bosh prokuror o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Jahongir Hotamov 2016-2017 yillarda Jizzax viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari, 2017-2018 yillarda Toshkent shahar prokurorining birinchi o‘rinbosari, 2018 yil fevralidan 2020 yil oktyabriga qadar Xorazm viloyati prokurori hamda 2020-2022 yillarda Namangan viloyati prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan. U 2022 yilning fevralidan bugunga qadar Samarqand viloyati prokurori bo‘lib ishlagan. 

Shuningdek, Prezident farmoni bilan adliya katta maslahatchisi Sherzod Jalolovich To‘xtaboyev ham Nig‘matulla Yo‘ldoshevning o‘rinbosari bo‘ldi.

Sherzod To‘xtaboyev tayinlovga qadar Bosh prokuraturada boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan. Ungacha mazkur vazifada Salom Ismatovich Samadov ishlagan edi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshevning buyrug‘iga asosan Namangan, Andijon, Samarqand viloyatlariga prokurorlar tayinlan edi. Shuningdek, Bosh prokuror buyrug‘i bian adliya katta maslahatchisi Ikrom Shermatovich Narimov O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurori lavozimiga tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

prokuratura tayinlov Jahongir Hotamov Sherzod To'xtaboev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing