Akmalxo‘ja Mavlonov yana Bosh prokuraturaga qaytdi
Jamiyat
−
09 Oktyabr 2020 22535 1 daqiqa
Namangan viloyati prokurori Akmalxo‘ja Mavlonov O‘zbekiston Prezidentining tegishli farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari etib tayinlandi.
Akmalxo‘ja Mavlonov 1975 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2002 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2002 yilda Davlatobod tuman prokuraturasida boshlab, Namangan viloyati prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2006 yildan Bosh prokuratura boshqarma prokurori, katta prokurori, Marg‘ilon shahar prokurori, Sirdaryo viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari, Xorazm viloyati prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2018 yil fevral oyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i lavozimida ishlagan. O‘sha yili avgust oyida Bosh prokuror o‘rinbosari etib tayinlangan.
Akmalxo‘ja Mavlonov 2019 yil iyulidan beri Namangan viloyati prokurori lavozimida ishlab kelayotgandi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr