O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasiga yangi rahbar saylandi
Sport
−
17 fevral
3549Bugun, 17 fevral kuni O‘zbekiston bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi raisi etib saylandi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, bungacha ushbu lavozimda “O‘zbekneftgaz” rahbarlaridan biri Bahodir Siddiqov ishlab kelayotgandi. Endilikda Akmalxo‘ja Mavlonov O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi rahbari lavozimida faoliyat olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin prezident Shavkat Mirziyoyev sport sohasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda yengil atletikada 48 ta dastur bo‘lsada, so‘nggi Olimpiadada bor-yo‘g‘i 5 ta litsenziya qo‘lga kiritilganini tanqid ostiga olgandi.
LiveBarchasi