Nainggolanning advokati futbolchiga qo‘yilgan ayblovlarni rad etdi

Sport

image

Avvalroq, belgiyalik taniqli futbolchi Roja Nainggolan giyohvand moddalar kontrabandasiga aloqadorlikda gumonlanib, hibsga olingani xabar qilingandi. 

“Lokeren-Temse” klubi futbolchisi Roja Nainggolanning advokati Omar Suidi belgiyalik sobiq yarim himoyachi giyohvand moddalar kontrabandasiga aloqadorligini rad etdi. Bu haqda advokat “Corriere dello Sport” nashriga bergan inetrvyusida aytdi.

“U bu ishga aloqadorligini rad etadi. Tez orada Roja “Lokeren”da o‘ynashini kutaman. Unga hali ayblov qo‘yilmagan. Bir necha savollarga javob berishi kerakligi uning bu ishga aloqasi borligini anglatmaydi. Uni so‘roq qilishdi, hamkorlik qildi, endi sudyani kutyapmiz. Roja jinoyatchi emas, futbolchi”, deydi Suidi.

Ma’lumot uchun, faoliyati davomida Nainggolan Italiyaning “Kalyari”, “Pyasensa”, Milanning “Inter”, Rimning “Roma”, SPAL va Belgiyaning “Antverpen” klublarida to‘p surgan. Roja “Inter” bilan Italiya, “Antverpen” bilan esa Belgiya chempioni bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

kontrabanda futbol giyohvand modda Roja Nainggolan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing