Nyu-Yorkda o‘zbekistonlik oilaning 4 a’zosi o‘ldirib ketildi

Olam

image

AQSHning Nyu-York shahrida o‘zbekistonlik oilaning 4 nafar a’zosi o‘ldirib ketildi. Bu haqda “Pix 11” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Bruklinda bir oilaning to‘rt a’zosi, jumladan, ikki yosh bola halok bo‘lgan. Politsiya 24 yashar gumonlanuvchini qo‘lga olgan. U oila egasining ukasi va hozirda hibsga olingan. U 56 yoshdagi onasi, akasining 27 yoshli ayoli va 4 va 5 yoshli jiyanlarini o‘ldirganlikda gumon qilinmoqda.

Nashrning qayd etishicha, gumonlanuvchi ruhan nosog‘lom bo‘lishi mumkin. Manbalarga ko‘ra, gumonlanuvchining akasi uyga kelganida, xonadon ichida xotini, ikki yosh bolasi va onasini pichoq bilan jarohatlangan holda ko‘rgan. Ularning barchasi voqea joyida vafot etgani ma’lum qilingan. Shundan so‘ng politsiya erkakning 24 yoshli ukasini hibsga olgan.

Oilaning qo‘shnilari ham ular asli o‘zbekistonlik bo‘lganini va bir necha yildan buyon shu yerda yashab kelganini aytgan. Tergovchilarning fikricha, pichoqbozlik uydagi kelishmovchilik tufayli sodir bo‘lgan. Qurbonlar 56 yoshli M.F., 27 yoshli M.H., 5 yoshli K.Sh. va 4 yoshli T.Sh.  ekanligi aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Pensilvaniya shtatida o‘zbekistonlik ayol sobiq eri tomonidan o‘ldirilgani haqida xabar berilgandi. Ayolning 44 yoshli Al Allaberg ismli sobiq turmush o‘rtog‘i uning xonadoniga bostirib borgan va uning ko‘krak qafasiga bir necha marta o‘q uzgan. Sobiq xotinining o‘lganiga ishonch hosil qilgan Allaberg o‘zining boshiga o‘q otib, joniga qasd qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh o'zbekistonlik N'yu-York

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing